Kabo-Verde darvozaboni Josimar Vozinya o‘z vatanida Jahon chempionatidagi ajoyib o‘yini uchun sharafga sazovor bo‘ldi. Yaqinda ispaniyalik olim Xesus Ortea tomonidan kashf etilgan yangi salyangoz turiga ilgari "Zimbru" (Kishinyov) jamoasida o‘ynagan 40 yoshli darvozabon sharafiga nom berildi.
Uning uzunligi atigi to‘rt millimetr va qizil rangda. U Karib dengizining iliq suvlarida yashaydi. Derbyderbyderby.it sayti ma’lumotlariga ko‘ra, olim uni batafsilroq o‘rganish uchun Kubaga safar qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Kabo-Verde o‘z guruhidan chiqib, 1/8 finalda Argentina bilan to‘qnash keldi. Jahon chempionlari juda oz farq bilan g‘alaba qozonishdi.