Argentinalik jurnalist: «Messi — super, ammo jamoada kamchiliklar bor»
11.07.2026 20:00 Ўқилди: 189
Mashhur argentinalik jurnalist Xuan Pablo Mendes Argentina terma jamoasining Jahon chempionatidagi ishtiroki borasida o‘z fikrlarini bildirdi. U jamoada muammolar mavjudligini va har doim ham Lionel Messining daholigiga tayanib qolish yaramasligini ta’kidladi.
«Bir tomondan, jamoa Messisiz ham g‘alaba qozonishi mumkinligini Jahon chempionati saralash bosqichidayoq ko‘rsatgan. Boshqa tomondan, reallik shundaki, himoyada raqiblar foydalanishi mumkin bo‘lgan jiddiy bo‘shliqlar mavjud», — deya jurnalistning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Argentinaning Ole nashri.
Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionatining chorak finalida Argentina terma jamoasi Shveysariya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.