Rasman: Portugaliya terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi
10.07.2026 20:32 Ўқилди: 375
71 yoshli mutaxassis ushbu lavozimda 2023 yil yanvaridan buyon jamoani boshqarib kelgan Roberto Martinesning o'rnini egalladi. Martines JCH–2026 1/8 finalida Portugaliya Ispaniyaga 0:1 hisobida mag'lub bo'lib, musobaqani tark etganidan so'ng vazifasidan ozod etilgan edi.
Jorje Jezush so'nggi marta Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubini boshqarib, jamoani mamlakat chempionligiga olib chiqqan. Shuningdek, u Krishtianu Ronaldu bilan hamkorlik qilgan tajribali mutaxassis sifatida yaxshi tanilgan.
Faoliyati davomida Jezush "Benfika", "Sporting", "Flamengo", "Fenerbaxche", "Al Hilol" va "Al Nassr" kabi klublarda ishlab, bir qator mamlakat chempionliklari va kuboklarini qo'lga kiritgan.
Ma'lumot uchun, Jezush faoliyatida ilk marotaba terma jamoani boshqaradi.