Karlo Anchelotti Braziliyaning Norvegiyadan mag‘lub bo‘lish sababini tushuntirdi
06.07.2026 05:55 Ўқилди: 11502
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti JCH-2026 1/8 finalida Norvegiyaga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan o‘yindan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Uchrashuv boshida o‘yinni nazorat qilayotgandek tuyuldi, biz imkoniyatlar ham yaratdik. Juda kuchli bosim o‘tkazish qiyin edi, chunki Norvegiya butun jamoa bo‘lib himoyalandi. Ortiqcha tavakkal qilish esa xavfli bo‘lardi.
Bizga yangi iqtidorlar, Braziliya futboliga kelib qo‘shiladigan yuqori saviyali futbolchilar kerak. Menimcha, biz yomon o‘yin ko‘rsatmadik, ammo bu futbol, bu sport. Ba’zan mag‘lubiyatni ham qabul qilishga to‘g‘ri keladi», — dedi Anchelotti CNA nashriga.
Ushbu natijadan keyin Braziliya terma jamoasi jahon chempionati bilan xayrlashdi.
Norvegiya esa chorak finalda Meksika — Angliya juftligi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.