"Chelsi" yozda Garnachoni sotishga tayyor. Vinger bir yil oldin MYUdan 40 million funtga sotib olingan edi
09.07.2026 21:08 Ўқилди: 781
Insayder Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, 22 yoshli yarim himoyachi klubning "daxlsiz" futbolchisi hisoblanmaydi.
Doimiy transfer bo'yicha yaxshi taklif bo'lgan taqdirda, "ko'klar" argentinalikni qo'yib yuborishga tayyor. Unga qiziqish bildirgan klublar dastlabki qadamlarni tashlay boshlashdi.
Shunday qilib, Garnacho "Chelsi"dagi atigi bir mavsumdan so'ng ketishi mumkin. Alexandro londonliklarga 2025 yilning avgustida "Manchester Yunayted"dan 40 million funt sterling evaziga qo'shilgan edi.