Opta mutaxassislari Xolandning JCH-2026dagi o‘ziga xos jihatini ochiqlashdi
09.07.2026 20:11 Ўқилди: 583
Opta statistika mutaxassislari Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Xoland haqida qiziqarli ma’lumot e’lon qilishdi. Ma’lum bo‘lishicha, Xoland 2026 yilgi jahon chempionatida quyidagi barcha shartlarni bajargan yagona futbolchi hisoblanadi:
chap oyoqda gol urgan;
o‘ng oyoqda gol urgan;
bosh bilan gol urgan;
jarima maydoni ichidan gol urgan;
jarima maydoni tashqarisidan gol urgan.
Erling Xoland joriy mundial to‘purarlar reytingida Kilian Mbappe bilan birgalikda ikkinchi o‘rinni (7 tadan gol) bo‘lishib turibdi. Ro‘yxat tepasida 8 ta gol urgan Lionel Messi bormoqda.
Jahon chempionatining 1/4 finalida Norvegiya terma jamoasi Angliyaga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 12 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.