Akanji: «Shveysariya istalgan raqib bilan kurashishga qodir»
09.07.2026 19:22 Ўқилди: 166
Shveysariya terma jamoasi himoyachisi Manuel Akanji 2026 yilgi jahon chempionati 1/4 finali doirasida Argentinaga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuv oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Ha, bu, shubhasiz, juda jiddiy sinov, lekin men biz bu o‘yinga tayyormiz deb o‘ylayman. Istalgan raqib bilan tengma-teng kurasha olishimizga ishonaman.
Yarim finalga chiqish uchun bor kuchimizni ishga solishga ahd qilganmiz. Biz oxirgi olti, yetti, balki sakkiz yil davomida juda tinimsiz ishladik. Biz ulkan mehnat qildik va o‘ylaymanki, bu og‘ir mehnat o‘z mevasini berishni boshladi», — dedi Akanji.