
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham Maykl Olisening sariq kartochkasi o'z kuchida qolganini ma'lum qildi. Avvalroq Fransiya futbol federatsiyasi (FFF) FIFAga JCH-2026 1/8 finalida Paragvayga qarshi o'yinda (1:0) vinger olgan sariq kartochkani bekor qilish bo'yicha so'rov yuborgan edi.
Fransiyalik futbolchi o'yinning 97-daqiqasida hakam Ilgiz Tantashevdan Matias Galarsa Fonda bilan bo'lgan to'qnashuv uchun ogohlantirish olgandi. Shu bilan birga, videotakrorlarda Olise raqibiga tegmaganini ko'rish mumkin. "Bavariya" o'yinchisi Galarsa oldida barmog'ini labiga qo'ygan (jim bo'lish ishorasi), shundan so'ng paragvaylik futbolchi maydonga yiqilgandi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq FIFA Bosniya va Gertsegovinaga qarshi o'yinda (2:0) qizil kartochka olgan AQSH terma jamoasi futbolchisi Folarin Balogunning diskvalifikaciyasini bekor qilgandi.
"Sariq kartochka bilan bog'liq vaziyat o'zgarmadi: bugun ertalab biz FIFAdan bildirishnoma oldik. O'yinning o'ziga keladigan bo'lsak, Marokash - bu Paragvay emas. Biz marokashliklar bilan to'rt yil oldin o'ynaganmiz, qolaversa, ular Afrika kubogi finaliga qadar yetib borishdi. Ularning safida ajoyib o'yinchilar bor, bu to'pni nazorat qilishni va hujum qilishni yoqtiradigan jamoa. Ular juda yuqori saviyaga ega", - dedi Desham matbuot anjumanida.
Ertaga Fransiya JCH-2026 chorak finalida Marokashga qarshi maydonga tushadi.
![]() | 06.07.2026 23:48 Ўқилди 87303 Donald Tramp: "Men Keyn bilan golf o'ynaganman, u menga juda yoqdi. U buyuk futbolchi, golfni ham qoyillatib o'ynaydi" |
![]() | 07.07.2026 22:11 Ўқилди 76443 Misr terma jamoasi darvozaboni 1-bo‘limda argentinaliklarning 3 ta zarbasini qaytardi |
![]() | 07.07.2026 20:56 Ўқилди 42421 LIVE. JCH. Argentina - Misr 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 06.07.2026 01:00 Ўқилди 28771 Belgiya futbol federatsiyasi FIFAning AQSH hujumchisi Folarin Balogun diskvalifikaciyasini vaqtincha bekor qilish qaroriga norozilik bildirdi |
![]() | 29.06.2026 21:56 Ўқилди 20066 LIVE. JCH. Braziliya - Yaponiya 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 07.07.2026 01:24 Ўқилди 18737 Sport yuristi "Balogun ishi" haqida: "Qonun nuqtayi nazaridan qaror to'g'ri, ammo vaziyat juda shubhali" |
![]() | 01.07.2026 22:08 Ўқилди 13726 "Bavariya" Marokash terma jamoasining JCH-2026dagi eng yaxshi to'purari Saybari transferini e'lon qildi |
![]() | 03.07.2026 03:55 Ўқилди 12481 Simon Jahon chempionatlari tarixidagi eng uzoq davom etgan «quruq seriya» muallifiga aylandi |
![]() | 04.07.2026 03:22 Ўқилди 12251 Ob-havo sabab Braziliya — Norvegiya uchrashuvi vaqti o‘zgarishi mumkin |
![]() | 06.07.2026 05:55 Ўқилди 11535 Karlo Anchelotti Braziliyaning Norvegiyadan mag‘lub bo‘lish sababini tushuntirdi |
Реклама
Сайт хақида