"Al Ahli" RPLning ikki yulduzini o'z safiga qo'shib olmoqchi
05.07.2026 21:16 Ўқилди: 226
Insayder Muhammad Doki ma'lumotiga ko'ra, Jidda klubi "Krasnodar" yarim himoyachisi Eduard Spercyanni 25 million dollar evaziga sotib olishga yaqin turibdi. Bu transfer haqidagi xabarlar bir necha haftadan buyon muhokama qilinmoqda.
Shuningdek, "Al Ahli" "Zenit" vingeri Luis Enrikeni ham o'z safiga qo'shib olishni istamoqda. Saudiya klubi 25 yoshli braziliyalik uchun 45 million evro taklif qilishga tayyor.
Luis Enrike o'tgan mavsum "Zenit" safida barcha musobaqalarda 34 ta uchrashuv o'tkazib, 6 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifi bo'lgan. Uning Sankt-Peterburg klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi.
Ayni paytda Enrike Braziliya termasi bilan JCH–2026da ishtirok etmoqda. Agar transfer amalga oshsa, u Saudiya Pro-ligasidagi navbatdagi yirik yulduzlardan biriga aylanadi.