
Futbolchilarning shaxsi oshkor etilmagan. Shuningdek, ularning hech biri musobaqalardan chetlatilmagan, chunki aniqlangan modda miqdori belgilangan meyordan past bo'lgan. Bu meyor Meksikada klenbuterol bilan zararlangan go'sht istemoli bilan bog'liq holatlar ko'payganidan keyin joriy etilgan. Mazkur modda ayrim holatlarda chorvachilikda noqonuniy ravishda qo'llaniladi.
Ma'lum qilinishicha, Tunis terma jamoasi Jahon chempionati davomida Meksikaning Monterrey shahrida joylashgan bo'lgan. Ijobiy natija qayd etilgan namunalarning bir qismi Niderlandiyaga qarshi guruh bosqichining so'nggi o'yinidan (1:3) 10–14 kun avval olingan.
Klenbuterol Jahon antidoping agentligi (WADA) tomonidan taqiqlangan moddalar ro'yxatiga kiritilgan bo'lib, u anabolik steroidlarga o'xshash ta’sir ko'rsatadi. U mushak massasini oshirish va yog' to'qimalarini kamaytirish xususiyatiga ega.
Tunis futbol federatsiyasi, futbolchilar va ularning klublari tekshiruv natijalari haqida xabardor qilingan. Hozirda qo'shimcha tekshiruv ishlari olib borilmoqda va dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, futbolchilarga nisbatan jazo qo'llanilishi kutilmayapti.
Eslatib o'tamiz, Tunis terma jamoasi JCH–2026 guruh bosqichidagi barcha uchrashuvlarda mag'lub bo'lib, 2:12 to'plar nisbati bilan musobaqani tark etgan. Jamoa Yaponiyaga 0:4, Shvetsiyaga esa 1:5 hisobida imkoniyatni boy bergan. Shvetsiyadan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng bosh murabbiy Sabri Lyamushi iste'foga chiqarilib, uning o'rnini Erve Renar egallagan edi.
![]() | 28.06.2026 04:55 Ўқилди 103730 JCH-2026. GOOOL! O‘zbekiston Kongoga qarshi o‘yinda hisobni ochdi (video) |
![]() | 28.06.2026 04:24 Ўқилди 57053 FOTO. O'zbekistonlik muxlislar "Mercedes-Benz" stadionida |
![]() | 29.06.2026 21:56 Ўқилди 19958 LIVE. JCH. Braziliya - Yaponiya 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 01.07.2026 22:08 Ўқилди 13621 "Bavariya" Marokash terma jamoasining JCH-2026dagi eng yaxshi to'purari Saybari transferini e'lon qildi |
![]() | 03.07.2026 03:55 Ўқилди 12400 Simon Jahon chempionatlari tarixidagi eng uzoq davom etgan «quruq seriya» muallifiga aylandi |
![]() | 01.07.2026 21:16 Ўқилди 11103 LIVE. JCH. Angliya - Kongo DR 0:1 (matnli translyatsiya) |
![]() | 23.06.2026 23:55 Ўқилди 10682 Ronaldu va Behruz Karimov o‘rtasidagi farq — JCH tarixidagi eng katta yosh farqi sifatida qayd etildi |
![]() | 24.06.2026 02:24 Ўқилди 10305 Jahon chempionati-2026. Portugaliya - O'zbekiston 5:0 |
![]() | 28.06.2026 04:08 Ўқилди 10242 JCH-2026. Xorvatiya Ganani mag'lub etib, pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritdi |
![]() | 02.07.2026 23:55 Ўқилди 9450 Eron sport vazirligi JCH-2026 mezbonlari va FIFAni tanqid qildi |
Реклама
Сайт хақида