JCH-2026. Senegal Iroqni yirik hisobda mag‘lub etdi
27.06.2026 02:11 Ўқилди: 29
Torontodagi «BMO Field» stadionida JCH-2026 «I» guruhi doirasida Senegal va Iroq terma jamoalari o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tdi. O‘yin afrikaliklarning 5:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuv Iroq terma jamoasi uchun juda omadsiz boshlandi. 4-daqiqadayoq Diarra hisobni ochgan bo‘lsa, 13-daqiqada Iroq himoyachisi Sulaka qizil kartochka olib, jamoasini qiyin ahvolda qoldirdi. Ko‘p o‘tmay, Iroq majburiy o‘zgarishni amalga oshirishga ham majbur bo‘ldi — 16-daqiqada Kasem o‘rniga Yunis maydonga tushdi. Birinchi bo‘lim Senegalning minimal ustunligi bilan tugadi.
Ikkinchi bo‘limda esa senegalliklar son jihatdan ustunlikni gollarga aylantirishdi. 56-daqiqada Sarr hisobni yiriklashtirgan bo‘lsa, zaxiradan maydonga tushgan Guye dubl qayd etdi (59 va 71-daqiqalar). Uchrashuvga yakuniy nuqtani 82-daqiqada yana bir zaxira futbolchisi Ndiay qo‘ydi. Senegal — Iroq 5:0 Gollar: Diarra (4), Sarr (56), Guye (59, 71), Ndiay (82). Senegal: Diav, Yakobs, Niakate, Sek (Siss, 58), Diatta, Kamara (Djekson, 57), Gana Guye, Diarra (Guye, 57), Mane, Sarr (Diao, 81), Mbay (Ndiay, 57). Iroq: Bazil (Djalal, 46), Doski, Xashem, Sulaka, Frans Dia, Al-Ammari, Ikbal (Yakob, 67), Bayesh, Yasim (Maknzi, 58), Kasem (Yunis, 16), Al-Xamadi (Yusif, 58). Ogohlantirishlar: Sek (18), Guye (81) — Al-Ammari (75), Doski (90). Chetlatish: Sulaka (13, Iroq).