Pley-off masalasini hal qilgan Argentina Messisiz o‘ynaydi
27.06.2026 01:55 Ўқилди: 212
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi JCH-2026 guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan Iordaniyaga qarshi uchrashuvni asosiy tarkibda boshlamaydi.
Manbaning xabar berishicha, Janubiy Amerikaliklar bosh murabbiyi Lionel Skaloni muddatidan oldin keyingi bosqich yo‘llanmasi naqd qilingani bois jamoa sardoriga dam berishni lozim topgan. Ertangi bahsda hujum chizig‘ida Lautaro Martines va Xulian Alvares tandemi ilk daqiqalardan maydonga tushishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Messi ayni damda 5 ta gol bilan Jahon chempionati to‘purarlar poygasida yakka peshqadamlik qilmoqda.
Argentina terma jamoasi "J" guruhida dastlabki ikki turdan so‘ng 6 ochko jamg‘arib, muddatidan oldin pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan. Guruhdagi vaziyat quyidagicha: Argentina (6 ochko), Avstriya va Jazoir (3 ochkodan), Iordaniya (0 ochko).
Eslatib o‘tamiz, Iordaniya — Argentina uchrashuvi 28 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 07:00 da boshlanadi.