"Manchester Siti" "Chelsi" himoyachisini 81 million evroga sotib olishi mumkin
26.06.2026 21:32 Ўқилди: 1174
"Shaharliklar" "Chelsi"dan Malo Gyustoni sotib olish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. Transfer summasi 81 million evroga baholanmoqda. Himoyachining mehnat shartnomasi 2030 yilning yozida tugaydi.
Malo Gyusto o'tgan mavsumda "Chelsi" safida 49 ta o'yin o'tkazdi. Unda futbolchi uchta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.