APL top klubi Alvaresni "Barselona"dan ilib ketishi mumkin
26.06.2026 20:48 Ўқилди: 1486
Bu haqda insayder Markos Duran xabar bermoqda.
Angliya klubi allaqachon futbolchining agenti bilan bog'landi. Avvalroq Alvares joriy transfer oynasida klubini o'zgartirmoqchi ekanligini ochiq e'lon qilgan edi. OAV ma'lumotlariga ko'ra, hujumchi uchun asosiy da'vogar "Barselona" hisoblanadi. Shuningdek, futbolchi "Real”, PSJ va "Arsenal" bilan ham bog'langan.
Xulian Alvares 2024 yildan beri "Atletiko" sharafini himoya qilib kelmoqda. Hujumchi Madrid klubiga “Manchester Siti"dan o'tgan.