Ronaldinyo Braziliyaning JCH-2026 pley-off bosqichiga chiqqaniga munosabat bildirdi
25.06.2026 20:33 Ўқилди: 636
Braziliya terma jamoasi sobiq futbolchisi, 2002 yilgi Jahon chempioni Ronaldinyo "pentakampeonlar"ning Jahon chempionati — 2026 guruh bosqichi 3-turida Shotlandiya ustidan qozongan g‘alabasi (3:0) hamda jamoaning "C" kvartetida birinchi o‘rin bilan pley-offga yo‘l olganiga munosabat bildirdi.
"Muhim g‘alaba va guruhdagi peshqadamlik! Braziliyalik muxlislarning hayqiriqlari ostida milliy terma jamoamiz bilan shu yerda bo‘lishdan ajoyib tuyg‘ularni his qilmoqdaman!" — deb yozdi Ronaldinyo o‘zining "X" ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Braziliya terma jamoasi 7 ochko jamg‘argan holda "C" guruhida peshqadamga aylandi. Shotlandiya milliy jamoasi esa 3 ochko bilan uchinchi pog‘onadan joy oldi.