Ganalik shaman: "Endi men Xarrini ozod qilaman, u keyingi o'yinda gol ursin. U xafa bo'lmasin"
24.06.2026 19:48 Ўқилди: 576
JCH-2026 da Angliya va Gana o'rtasidagi o'yindan oldin shaman o'z terma jamoasiga yordam berish uchun Keynni lanatlashini aytgan edi. O'yin 0:0 hisobida yakunlandi, uchrashuv so'nggida Keyn darvoza oldi chizig'idan to'pni darvozaga kirita olmadi.
"Men dunyodagi eng qudratli shamanman. Endi men Xarri Keynni ozod qilaman, u Angliya terma jamoasining keyingi o'yinida gol urishi mumkin. U xafa bo'lmasin", - dedi Nana Kvaku Bonsam ijtimoiy tarmoqdagi videoda.
Jahon chempionati guruh bosqichining so'nggi turida Angliya terma jamoasi Panama bilan, Gana esa Xorvatiya bilan kuch sinashadi.