O‘zbekiston muxlislari Texasdagi stadionga otlarda yetib kelishdi (video)
23.06.2026 21:22 Ўқилди: 212
2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston — Portugaliya uchrashuvi oldidan o‘zbekistonlik muxlislar Xyuston shahridagi stadion atrofida yorqin aksiya uyushtirishdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda O‘zbekiston terma jamoasi muxlislari uyushgan holda stadion tomon yo‘l olganini ko‘rish mumkin. Yurishning eng diqqatga sazovor jihati shundaki, kolonna oldida bir nechta chavandoz otlarda harakatlangan. Ulardan keyin esa qo‘llarida milliy bayroqlarni ko‘targan yuzlab muxlislar ergashgan.
Stadion atrofida haqiqiy bayramona muhit hukm surdi. O‘zbekiston terma jamoasi muxlislari jamoani faol qo‘llab-quvvatlab, milliy jamoa tarixidagi eng muhim o‘yinlardan biri oldidan ajoyib muhit yaratishdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Portugaliya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs bugun Xyuston shahrida bo‘lib o‘tadi. Birinchi turda O‘zbekiston Kolumbiyaga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, Portugaliya KDR Kongo bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagan edi.