Kloze: «Messi JCH-2026 da mening rekordimni yangilashi mumkin»
13.06.2026 19:33 Ўқилди: 43
Miroslav Kloze jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lib qolmoqda — germaniyalik hujumchi hisobida 16 ta gol bor. Ushbu rekordga eng yaqin turgan futbolchilar Lionel Messi (13 ta gol) va Kilian Mbappedir (12 ta gol).
Kloze 2026 yilgi mundialda uning rekordi yangilanishini kutmoqda.
«Men ushbu turnirda rekordim yangilanishini kutyapman. Jamoalar soni ortishi bilan o‘yinlar soni ham ko‘payadi, bu esa gol urish uchun ko‘proq imkoniyat demakdir. Hammasi joyida, baribir kun kelib rekord yangilanadi. Buni Lionel Messi amalga oshirishi mumkin. Men Messining katta muxlisiman va doim shunday bo‘lib qolganman», — dedi Kloze Süddeutsche Zeitung nashriga bergan intervyusida.
Argentina terma jamoasi Jahon chempionatidagi ilk o‘yinini 17 iyun kuni Jazoirga qarshi o‘tkazadi.