
Tabiiyki, Kolumbiya bilan o'yin arafasida ayrim havotirli muammolar yo'q emas. Muhimi ular bartaraf etilmoqda. Shu kunlarda ko'pchilikning e'tiborida Jaloliddin Masharipovning holati bo'lib turibdi. Bundan tashqari Kolumbiya bilan bo'lib o'tadigan uchrashuvda iqlim bilan bog'liq qiyinchiliklar ham borligini aytib o'tish mumkin. Biz shu masala yuzasidan O'FA tibbiyot qo'mitasi rahbari Abror Pirrievning fikrlariga quloq tutdik.
- Jahon chempionati oldidan Jaloliddin Masharipovda yuzaga kelgan vaziyat haqida mutaxassis sifatida fikringiz qanday? Disk churrasi bir xaftada paydo bo'lib qolmaydi. Bu nima sababdan qo'zg'agan bo'lishi mumkin?
- Umuman olganda Jaloliddinda tizzadagi muammo biroz cho'zildi. Jarrohlik amaliyotisiz maydonga qaytish umidida anchagina vaqt va kuch sarflandi. Oxir oqibat operaciya va hammasini boshidan boshlashga to'g'ri keldi. Safga qaytish jarayoni esa oson emas. Bunga uzoq tibbiy muolajalar hamda sabr va matonat ila individual mashg'ulotlar orqali erishiladi. Jaloliddin bu jarayonni ancha intensiv tarzda bosib o'tdi. Sababi tushunarli... Intensiv mashg'ulotlar nafaqat ko'p kuch-g'ayrat talab etadi, balki harakat-tayanch tizimida yillar davomida yig'ilib qolgan muammolarni ham yuzaga chiqaradi. Mazkur qonuniyatga ko'ra mavjud "gryja" shu o'rinda o'zini namoyon etdi deb o'ylayman.
- Qisqa muddatli turnirga tayyorlanayotganda yuklamalar natijasida jarohatlar bo'lishi normal holatmi?
- Odatda musobaqalardan oldin doimo o'quv-mashg'ulot yig'inlari (O'MY) o'tkaziladi. O'MY esa doimo yaxshigina yuklamalar ila kechadi. Boz ustiga terma jamoalar yig'inlariga turli chempionatlarda, turlicha taqvim ila to'p surayotgan futbolchilar yig'iladi. Shunga ko'ra har futbolchi turlicha holatda bo'ladi. Qolaversa, har futbolchi o'ziga yarasha katta-kichik tibbiy muammolar bilan keladi. Yig'in davomidagi yuklamalar sabab bu muammolar o'zini bildirishi tabiiy hol. Shu bois davo va reabilitacion muolajalar O'MYning bir qismi sifatida ko'riladi.

- Kolumbiya bilan o'yinimiz dengiz satxidan 2000 metr balandlikda o'tadi. Mazkur omil qarshiligini engib o'tishimiz nimalarga bog'liq?
- Bunday balandlikda bosim nisbatan past bo'lgani bois futbolchi organizmi kislorod tanqisligini his etadi. O'yinga uchib boruvchi jamoa bunday sharoitga moslashishga ulgurmaydi, faqat uning salbiy tomonlarini kamaytirishga intilish qoladi, xolos. Aynan shu o'rinda futbolchi qonidagi kislorod tashuvchilar: eritrocit va gemoglabin yuqori bo'lishi juda muhim. Buning uchun yig'in davomidagi vitaminizaciya sxemasiga zarur vitaminlar va temir elementi qo'shiladi. Yana suyuqlik, turli mikroelement va tuzli eritmalar - "izotonik"lar ichishni ko'paytirish kerak. Chunki issiq havodan tashqari bunday balandlikda puls ortadi va nafas olish juda tezlashadi, organizm ko'p suyuqlik yo'qotadi. Shuningdek, ovqatlanish racionini uglevodlarni ko'paytirish hisobiga o'zgartirish kerak hamda etarli dam va tiklanish jarayonlari juda muhim. Bu aytilgan omillar jamoamizning murabbiylar va tibbiy shtabi tomonidan inobatga olingan va tayyorgarlik davrida zarur chora-tadbirlar amalga oshirildi.
- Kannavroning tibbiy shtabiga qanday baho berasiz? Terma jamoalar markazida bo'lgan vaqtda italiyalik mutaxassislar bilan gaplashib ko'rdingizmi?
- Nafaqat gaplashish, balki tibbiy jarayondan mudom xabardorman va ayrim o'rinlarda ishtirok etaman. Chunki mahalliy yig'inlar davomida barcha tibbiy muolajalar MFM dagi tibbiy markazimizda olib boriladi. Shuningdek, tayyorgarlik davrida futbolchilar guruh va yakka tartibda bir necha bor chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tkazildilar. Tibbiy shtab borasida shuni aytishim mumkin-ki, bosh murabbiy o'zining tibbiy shtabini top jamoalar darajasidagi ko'rinishga olib kelishga harakat qildi. Yani umumlashgan shifokor koncepciyasi emas, balki tibbiy yo'nalishlar bo'yicha jarohatlarga, fizioterapevtik muolajalarga, reabilitaciyaga, ovqatlanish racioniga javob beruvchi alohida mutaxassislar jamlanmasiga intilmoqda. Bugunga kelib tibbiy shtabda professionallar jamlangan va ularning jamoadagi o'rni va xizmati juda muhim.
![]() | 08.06.2026 23:44 Ўқилди 25138 Eron terma jamoasi JCH–2026ga qurbonlar xotirasiga bag‘ishlangan nishonlar bilan yetib keldi |
![]() | 09.06.2026 00:24 Ўқилди 13287 Tijani Reynders: "O'zbekistonga qarshi o'yin muhim ahamiyat kasb etadi" |
![]() | 10.06.2026 00:11 Ўқилди 5890 O‘zbekiston milliy jamoasi Atlantadagi JCH bazasiga yo‘l oldi |
![]() | 11.06.2026 23:32 Ўқилди 4932 Masharipov o'rniga Rahmonaliev? |
![]() | 06.06.2026 00:56 Ўқилди 4595 A Seriya jamoasida bosh murabbiy iste'foga chiqarildi |
![]() | 13.06.2026 00:16 Ўқилди 4563 Mbappe JCH-2026 to'purari bo'lishni istaydimi? Kilian javob berdi |
![]() | 12.06.2026 00:24 Ўқилди 4376 JCH–2026 oldidan Yaponiya termasida jiddiy yo'qotish! |
![]() | 04.06.2026 01:55 Ўқилди 3858 JCHdagi guruhdoshimiz Daniya bilan sinov o‘yinini o‘tkazdi |
![]() | 12.06.2026 00:48 Ўқилди 3659 Bernardu Silva "Barselona"ga emas, "Real"ga o'tadi |
![]() | 07.06.2026 01:40 Ўқилди 3623 Germaniya o'rtoqlik o'yinida JCH-2026 mezbonini mag'lub etdi |
Реклама
Сайт хақида