Mashhur ispaniyalik mutaxassis Xulen Lopetegi Qatar milliy terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini egallash qarorini tushuntirdi.
«Meni va murabbiylar shtabimni doimo qiyin vazifalar ruhlantiradi. Dastlab biz jamoani mundialga chiqish uchun o‘tkaziladigan pley-off o‘yinlariga olib chiqishimiz kerak edi. O‘sha paytda Qatar futboli haqida kam ma’lumotga ega edik, shuning uchun tezda o‘rganishga to‘g‘ri keldi. Va biz buning uddasidan chiqdik», — deya murabbiyning so‘zlarini keltiradi AS nashri.
2026 yilgi Jahon chempionatida Qatar terma jamoasi Shveysariya, Kanada va Bosniya va Gersegovina milliy jamoalari bilan bir guruhdan joy oldi. Birinchi turda Lopetegi shogirdlari shveysariyalik futbolchilarga qarshi maydonga tushadi. O‘yin 13 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.