FIFA JCH-2026 stadionlaridagi tomoshabinlar soni haqida izoh berdi
13.06.2026 10:11 Ўқилди: 25
Xalqaro futbol federasiyasi Gvadalaxarada bo‘lib o‘tgan Janubiy Koreya va Chexiya (2:1) terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng xorijiy matbuotda tarqalgan tanqidiy xabarlarga munosabat bildirdi. Stadionda bo‘sh o‘rindiqlar ko‘zga tashlanganiga qaramay, o‘yinning rasmiy tashrif buyuruvchilar soni 44 985 nafar deb e’lon qilingan edi.
FIFA o‘z bayonotida quyidagilarni ta’kidladi:
«Tashrif buyuruvchilar haqidagi rasmiy ma’lumotlar o‘yin davomida stadiondagi bo‘sh o‘rindiqlarni vizual baholashga emas, balki skanerdan o‘tkazilgan chiptalar va stadion hududida bo‘lgan tomoshabinlarning aniq soniga asoslanadi.
FIFA e’lon qilingan barcha ma’lumotlar tasdiqlangan operativ ma’lumotlarga asoslanishini ta’minlash uchun stadion rahbariyati va chipta sotish bo‘yicha mas’ul guruhlar bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda.
Shuni qayd etish joizki, Gvadalaxaradagi o‘yin vaqtida ba’zi chipta egalari o‘z o‘rindiqlarida o‘tirmasdan, foye qismida turganligi kuzatilgan», — deyiladi FIFA rasmiy bayonotida.