"Buni adolatsizlik deb hisoblayman!" - Falastin FA prezidentiga AQSH vizasi berilmadi
12.06.2026 21:16 Ўқилди: 581
Rajub musobaqaning ochilish uchrashuvi - Meksika va Janubiy Afrika terma jamoalari o'rtasidagi bahsni (2:0) Meksikada bevosita stadiondan tomosha qildi. Biroq shundan keyin u JCH uchun akkreditatsiyadan o'tgan bo'lishiga qaramasdan, AQSH tomonidan kirish ruxsati berilmagan shaxslar qatoriga kirdi.
"Futbol vakillarining o'yinlarni kuzatish huquqidan mahrum qilinishini adolatsizlik deb hisoblayman", - dedi Rajub "Associated Press" agentligiga bergan intervyusida.
Falastin terma jamoasi Jahon chempionatiga yo'llanma olmagan bo'lsa-da, FIFA ananasiga ko'ra musobaqaga dunyoning turli mamlakatlari futbol assotsiatsiyalari rahbarlarini taklif qiladi.
Shu tariqa, Falastin futboli rahbari turnirda ishtirok etish uchun rasmiy akkreditatsiyaga ega bo'lganiga qaramasdan, AQSH vizasini ololmagani sababli chempionatning Amerikada o'tadigan qismida qatnashish imkoniyatidan mahrum bo'ldi.