Dyugarri chiptalar qimmatligi va irqchilik bilan bog'liq mojaro tufayli JCH-2026'ni tanqid qildi
12.06.2026 20:08 Ўқилди: 733
"Milan", "Barselona" va "Bordo" sobiq o'yinchisi Jahon chempionati o'yinlarini boshqarishi kerak bo'lgan somalilik hakam Omar Artanning AQSHga kiritilmaganidan norozi.
"Hakamning somalilik bo'lgani uchun ishdan chetlatilishi... Bunda irqchilikka oid chuqur mano bor", – dedi Dyugarri.
54 yoshli Fransiya terma jamoasining sobiq a'zosi chiptalar narxidan ham hayratda qoldi:
"Chiptalar narxi juda qimmat! Men ko'rgan hamma narsamdan, sportim shunday holatga kelib qolganidan uyalaman".