
O'yindan keyin "G'azalkent" bosh murabbiyi Zayniddin Tojiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- O'yin haqida fikringiz?
- Bugun jamoamizni taniy olmadim, futbolchilarimiz nimagadir sust harakat qilishdi. O'yinni o'rganib tegishli xulosa chiqargan holda jamoani tiklashga va keyingi o'yinga tayyorlashga harakat qilamiz. Navbatdagi bahsimiz "Sho'rtan"ga qarshi kechadi, shu uchrashuvga hozirlik ko'ramiz. O'yinga keladigan bo'lsak, bizda ham, "Jayxun"da ham g'alaba qozonish uchun imkoniyat bo'ldi. Lekin durang haqli natija deb hisoblayman.
- "Jayxun" egallab turgan o'rindan kelib chiqib oson yutamiz degan xayol bo'lmadimi?
- Yo'q. Futbolchilarga ko'rsatma paytida ham aytdik, avvalo kuchli xohish bo'lishi kerak. Bugun kimning xohishi yuqori bo'lsa, shu jamoa yutib ketishini va o'yin kurashlarga boy kechishini bilardik. Shunga yarasha tayyorgarlik ko'rgandik. Balki bu charchoq alomatlari yig'ilib qolganidanmi.
- Golli vaziyatlar bo'ldi, lekin foydalanishga kelganda oqsash kuzatildi. Bunga nima deya olasiz?
- Baribir ko'p narsa charchoq bilan bog'liq, keyin koncentraciya ham etmayapti. Futbol mayda detallardan iborat, hammasiga jiddiy e'tibor qaratish kerak. Futbolchilarimiz hali yosh, tajriba to'plab borishyapti.
- Mirqodirovning yo'qligi qanchalik bilindi?
- Endi baribir Mirqodirovning o'rni bilinadi, u jamoamiz sardori va jamoani elkasida ko'tarishga harakat qiladi. Jamoada yetakchi bo'lishi kerak, kimdir yukni o'ziga olishi lozim. Bugun bizga mana shunday yetakchi yetishmadi. Bu borada jamoa bilan gaplashamiz. Futbolchilarda o'ziga bo'lgan ishonch ortishi lozim.
- Bugun Ibodullaev bilan Fayzullaev o'z darajasidan past harakat qildi degan fikrga qo'shilasizmi?
- Bugun butun jamoa o'z darajasiga nisbatan past harakat qildi. Futbolchilarni taniy olmadim. Har o'yinda 4-5ta vaziyat yaratib kelayotgandik, bugun ko'p vaziyat bo'lmadi. Oldinga ham qo'rquv bilan chiqdik. Aytib o'tganimdek, buni charchoq bilan bog'layman.
![]() | 08.06.2026 23:44 Ўқилди 24922 Eron terma jamoasi JCH–2026ga qurbonlar xotirasiga bag‘ishlangan nishonlar bilan yetib keldi |
![]() | 09.06.2026 00:24 Ўқилди 13131 Tijani Reynders: "O'zbekistonga qarshi o'yin muhim ahamiyat kasb etadi" |
![]() | 03.06.2026 00:48 Ўқилди 8413 Norvegiya Trampga "Tinchlik mukofoti" topshirilgani yuzasidan shikoyat qildi |
![]() | 10.06.2026 00:11 Ўқилди 5764 O‘zbekiston milliy jamoasi Atlantadagi JCH bazasiga yo‘l oldi |
![]() | 02.06.2026 06:33 Ўқилди 5153 Anchelotti: «Bizda Pele yo‘q» |
![]() | 02.06.2026 07:22 Ўқилди 4717 O‘rtoqlik uchrashuvi. Guruhdoshimiz Kolumbiya Kosta-Rikani mag‘lub etdi |
![]() | 06.06.2026 00:56 Ўқилди 4565 A Seriya jamoasida bosh murabbiy iste'foga chiqarildi |
![]() | 02.06.2026 05:16 Ўқилди 4198 O'rtoqlik uchrashuvi. Kanada - O'zbekiston. Asosiy tarkibimiz ma'lum |
![]() | 04.06.2026 01:55 Ўқилди 3825 JCHdagi guruhdoshimiz Daniya bilan sinov o‘yinini o‘tkazdi |
![]() | 07.06.2026 01:40 Ўқилди 3578 Germaniya o'rtoqlik o'yinida JCH-2026 mezbonini mag'lub etdi |
Реклама
Сайт хақида