Championat.asia hamda Transfermarkt O'zbekiston Superligasining aprel-maydagi eng yaxshi murabbiyi va futbolchisini aniqladi
06.05.2026 14:08 Ўқилди: 322
Ovoz berish natijalariga ko'ra, "Andijon"ning vaqtinchalik bosh murabbiyi Islom Ahmedov aprel-may oyida Superliganing eng yaxshi murabbiyi bo'ldi. Uning qo'l ostida "Andijon" 4 o'yinda 10 ochko jamg'ardi ("Bunyodkor", "Dinamo" va "Xorazm" ustidan g'alaba, "Qo'qon-1912" bilan durang). Shu tariqa, Andijon O'zbekiston chempionatida 13-o'rindan 7-o'ringa ko'tarildi. Ahmedov 47% ovoz to'pladi, "Paxtakor" murabbiyi Kamoliddin Tojiev esa ikkinchi o'rinni egalladi (31%).
"So'g'diyona" vingeri Lyupcho Doriev Superliganing aprel-may oylaridagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Jamoasining salbiy natijalariga qaramay (7 o'yinda 2 ta g'alaba, 2 ta durang va 3 ta mag'lubiyat), Doriev ajoyib o'yin ko'rsatdi: 6 o'yinda 6 ta gol urdi va 2 ta golli pas uzatdi. Doriev to'purarlik poygasida yetakchilik qilmoqda, shuningdek, Superligada "gol+pas" tizimida (9 o'yinda "7+3") eng yaxshi o'yinchi sanaladi. U so'rovnomada 58% ovoz oldi.