O'zbekistonlik ikki nafar media futbolchi "Amkal"da ko'rikdan o'tadi
06.05.2026 13:16 Ўқилди: 1643
“United MFL”ning ishtirokchisi bo'lgan “You Too” media jamoasi a'zosi - Azizbek Odilov va “You Too”ning sobiq o'yinchisi Zafarjon Tursunov Rossiya media ligasi ishtirokchisi “Amkal” media jamoasi uchun ko'rikka jalb etildi. Ular kecha Rossiya Federatsiyasiga uchib ketishdi.
Ma'lumot uchun, "Amkal" jamoasi Rossiya media ligasining 6 karra chempioni hisoblanadi.
“United MFL” va Rossiya media ligasi o'rtasida memorandum imzolanganligi sabab, liga futbolchilar uchun o'ziga xos tramplin vazifasini o'tamoqda.