
Ha, bu o'sha, o'tgan yil ham Saudiya Arabistonida o'tkazilib, O'zbekiston U-17 terma jamoasi finalda ikki kishi kam qolib saudiyaliklarni 2:0 hisobida mag'lub etgan musobaqa. Turnir tarixiga nazar solsak, bu 21-o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati hisoblanadi.
Tarixga nazar
U-17 Osiyo chempionati shu paytgacha 20 marta o'tkazilgan bo'lib, dastlabki musobaqa 1985 yil Qatarda bo'lib o'tgan. Bu turnir bazan ketma-ket har yil, bazan har ikki yilda bir marta o'tkazilgan. Dastlab U-16 Osiyo chempionati nomi bilan start olgan musobaqa 2023 yildan to'liq U-17 Osiyo chempionatiga o'zgardi va 2025 yildan har yil o'tkazishga kelishib olindi. Quyida musobaqaga mezbonlik qilgan mamlakatlar va barcha chempionlarni keltirib o'tamiz.
1985. Mezbon - Qatar. Chempion - Saudiya Arabistoni
1986. Mezbon - Qatar. Chempion - Janubiy Koreya
1988. Mezbon - Tailand. Chempion - Saudiya Arabistoni
1990. Mezbon - BAA. Chempion - Qatar
1992. Mezbon - Saudiya Arabistoni. Chempion - Xitoy
1994. Mezbon - Qatar. Chempion - Yaponiya
1996. Mezbon - Tailand. Chempion - Ummon
1998. Mezbon - Qatar. Chempion - Tailand
2000. Mezbon - Vetnam. Chempion - Ummon
2002. Mezbon - BAA. Chempion - Janubiy Koreya
2004. Mezbon - Yaponiya. Chempion - Xitoy
2006. Mezbon - Singapur. Chempion - Yaponiya
2008. Mezbon - O'zbekiston. Chempion - Eron
2010. Mezbon - O'zbekiston. Chempion - KXDR
2012. Mezbon - Eron. Chempion - O'zbekiston
2014. Mezbon - Tailand. Chempion - KXDR
2016. Mezbon - Hindiston. Chempion - Iroq
2018. Mezbon - Malayziya. Chempion - Yaponiya
2023. Mezbon - Tailand. Chempion - Yaponiya
2025. Mezbon - Saudiya Arabistoni. Chempion - O'zbekiston
2026. Mezbon - Saudiya Arabistoni. Chempion - ???
2027. Mezbon - Saudiya Arabistoni. Chempion - ???
2028. Mezbon - Saudiya Arabistoni. Chempion - ???
Rekordchi jamoalar
U-17 Osiyo chempionatida shu paytgacha eng ko'p Yaponiya o'smirlar terma jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritgan - 4 marta (1994, 2006, 2018, 2023). Shuningdek oltita jamoa hisobida ikkitadan chempionlik bor: Janubiy Koreya, KXDR, Saudiya Arabistoni, O'zbekiston, Xitoy va Ummon. Qatar, Eron, Tailand va Iroq o'smirlar terma jamoasi esa bir martadan chempion bo'lgan.
Ma'lumot uchun, O'zbekiston U-17 terma jamoasi ushbu musobaqada 2012 yil Dilshod Nuraliev qo'l ostida, 2025 yil esa Islom Ismoilov qo'l osida g'olib chiqqan. Shuningdek, biz 2010 yil Toshkent mezbonlik qilgan musobaqa finalida o'ynab, KXDRga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib ikkinchi o'rinni egallaganmiz.

1985-2025 yillar oralig'idagi umumiy reytingda O'zbekiston U-17 terma jamoasi 85 ochko bilan 8-o'rinda boryapti. Vakillarimiz shu paytgacha Osiyo chempionatida 11 bor ishtirok etib, 52ta o'yin o'tkazgan. Shundan 25tasida g'alaba qozonib, 10ta durang qayd etganmiz va 17 bor mag'lub bo'lganmiz. Jami to'plar nisbati 91-96 (-5). Bu borada Yaponiya o'smirlar terma jamoasi 160 ochko bilan yaqqol peshqadamlik qilmoqda. Yaponiyada to'plar nisbati +105 ko'rinish olgan.
Bu yilgi musobaqa
Ushbu U-17 Osiyo chempionati 5-22 may oralig'ida Saudiya Arabistonida o'tkaziladi. Odatda musobaqada 16ta jamoa ishtirok etishini yaxshi bilamiz, lekin KXDR o'smirlar terma jamoasi turnirda ishtirok etishdan bosh tortdi va natijada 15ta jamoa qoldi. Qizig'i, KXDR terma jamoasi bizning guruhdan joy olgandi.
A guruhi: Saudiya Arabistoni, Tojikiston, Tailand, Myanma.
B guruhi: Yaponiya, Indoneziya, Xitoy, Qatar.
C guruhi: Janubiy Koreya, Yaman, Vetnam, BAA.
D guruhi: O'zbekiston, Avstraliya, Hindiston.

O'zbekiston U-17 terma jamoasi guruhdagi ishtirokini bugun boshlashi kerak edi, biroq KXDR chiqib ketgani bois ilk uchrashuvni 10 may kuni Hindistonga, keyingi bahsni 13 may kuni Avstraliyaga qarshi o'tkazamiz. Bugun guruhimizdan o'rin olgan Avstraliya - Hindiston bahsi bo'lib o'tadi.
Musobaqa reglamentiga ko'ra, har bir guruhdan ikkitadan jamoa chorak finalga yo'l oladi. Chorak finalga chiqqan barcha 8 jamoa to'g'ridan to'g'ri shu yilning kuz oylarida Qatarda bo'lib o'tadigan U-17 Jahon chempionati yo'llanmasiga ega bo'ladi. Ma'lumki, U-17 Jahon chempionati uchun Osiyoga 8ta yo'llanma berilgan.
Terma jamoamiz tarkibi
O'zbekiston U-17 terma jamoasi ushbu Osiyo chempionatida quyidagi tarkib bilan bilan ishtirok etadi. Bosh murabbiy - Sergey Chigodaev.
Darvozabonlar
1. Olimjon Shamuratov 11-03-2009, "Paxtakor"
12. Mehrojbek Sirojiddinov 28-03-2009, RFA
21. Abdulboriy Zoidjonov 23-11-2009, "Lokomotiv"
Himoyachilar
2. Mashhurbek Abdisoliev 06-05-2009, "Nasaf"
3. Muhammadaziz Ro'ziboev 08-07-2009, "G'azalkent"
4. Muhammad Hakimov 04-10-2009, "Bunyodkor"
5. Elsevarbek Olimov 03-02-2009, "Neftchi"
13. Mirjamol Anvarov 12-06-2009, "Odil Ahmedov FA"
16. Adis Abdunabiev 10-12-2009, "Oqtepa"
17. Jahongirmirzo O'ktamboev 10-07-2009, "Bunyodkor"
Yarim himoyachilar
6. Muhammadjon Mamatov 20-07-2009, "Paxtakor"
7. Amirxon Erkinov 10-01-2009, "Odil Ahmedov FA"
8. Islom Ravshanov 14-04-2009, "Paxtakor"
10. Mirkomilbek Murodov 18-09-2009, "Bunyodkor"
11. Suhrob Sadirdjanov 31-03-2009, "G'azalkent"
14. Muhammadodilxon Orifxonov 12-06-2009, "Odil Ahmedov FA"
15. Nurmuhammad O'ktamov 23-06-2009, "Paxtakor"
18. Farrux Xayitmurodov 13-01-2009, "Paxtakor"
19. Ahrorbek Ravshanbekov 23-05-2009, "Andijon"
22. Abubakir Rahimov 04-05-2009, "Odil Ahmedov FA"
Hujumchilar
9. Asilbek Aliev 01-01-2009, RFA
20. Laziz Abduraimov 26-10-2009, "Bunyodkor"
23. Rustam Aliev 30-05-2009, "Surxon"
Osiyo chempionatida O'zbekiston o'smirlar terma jamoasiga omad tilab qolamiz.
X.Xoliqov

![]() | 05.05.2026 23:56 Ўқилди 17162 LIVE. YCHL. "Arsenal" - "Atletiko Madrid" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 27.04.2026 01:48 Ўқилди 4446 A Seriya. "Milan" va "Yuventus" o'rtasidagi o'yinda hisob ochilmadi |
![]() | 30.04.2026 00:16 Ўқилди 4311 Toni Kroos "Real"ga qaytmoqda? Klub afsonaga muhim lavozim tayyorlab qo'ygan |
![]() | 29.04.2026 00:32 Ўқилди 4179 Rasman: Futbolda inqilob! Endi og'zini yopib haqorat qilgan va maydonni tark etgan futbolchilar chetlatiladi |
![]() | 29.04.2026 01:16 Ўқилди 3606 Ulug'bek Bakaev: "Hisobni yanada yiriklashtirishimiz ham mumkin edi" |
![]() | 28.04.2026 23:56 Ўқилди 3476 "Real" yangi murabbiy borasida 4 ta nomzoddan birini tanlaydi: Mourinyuning "narxi" ma'lum |
![]() | 03.05.2026 20:24 Ўқилди 3409 Fergyuson "Liverpul"ga qarshi o'yindan oldin "Old Trafford"dan kasalxonaga olib ketildi |
![]() | 29.04.2026 00:16 Ўқилди 3370 Superliga. “So'g'diyona” – “Surxon” 5:2 |
![]() | 29.04.2026 03:56 Ўқилди 3199 Kamoliddin Tojiev: "Mavsumdagi eng yomon o'yinimiz bo'ldi. G'alabaga loyiq emas edik" |
![]() | 02.05.2026 00:56 Ўқилди 3083 Lui Saa: "Retkliffdan Kerrikning qolishini so'ragan bo'lardim" |
Реклама
Сайт хақида