Torresning "Barselona" bilan muzokaralari to'xtab qoldi
05.05.2026 14:32 Ўқилди: 63
Bu haqda AS xabar berdi.
Bazi manbalar "Barselona" 26 yoshli ispaniyalik futbolchi bilan bitimni yangilamaslikka qaror qilgani haqida yozmoqda. Shuning uchun hujumchi jamoani erkin agent sifatida tark etish uchun 2027 yilni kutadi.
Torres "Barselona"da 2022 yilning yanvaridan beri o'ynab kelmoqda. Uning shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Futbolchi 2025/26 yilgi mavsum 46 o'yinda 20 ta to'p kiritdi va 2 ta golga assistentlik qildi.
Transfermarkt uning transfer qiymatini 50 million evroga baholamoqda.