Bahsni rimlik hakam Daniele Doveri boshqarib boradi.
Jamoalar maydonga quyidagi tarkiblarda tushishadi:
"Napoli": Milinkovich-Savich, Buondjorno, Olivera, Spinaccola, Guterres, Jesus, Lobotka, De Bryoyne, Maktominey, Angissa, Jiovane.
"Milan": Menyan, de Vinter, Tomori, Bartezagi, Pavlovich, Rabo, Fofana, Modrich, Salemakers, Nkunku, Fyullkrug.
Ayni damda "Milan" 63 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. "Napoli" esa 62 ochko bilan uchinchi pog'onani egallab turibdi. Ushbu o'yin natijasi kuchli uchlikdagi o'rinlar taqsimotiga bevosita ta’sir ko'rsatishi kutilmoqda.