O'zbekiston kubogi. Qoraqalpog'iston FA - “Ahmedov” o'yinidan so'ng jamoa bosh murabbiylari nimalar dedi?
29.03.2026 02:08 Ўқилди: 3814
Nauriz Alimov (Qoraqalpog'iston FA bosh murabbiyi)
- Juda qiyin o'yin bo'ldi. Raqibimiz juda kuchli edi. Lekin shunga qaramay g'alaba qozonishni uddaladik. Bundan xursandmiz.
O'zbekiston kubogining asosiy bosqichiga yo'l oldik. Endi ushbu musobaqa orqali futbolchilarimizni reklama qilish niyatidamiz. Bu musobaqa futbolchilarimiz uchun ham tramplin vazifasini o'tab berishidan umidvorman.
Qahramon Mahamadjonov (“Ahmedov” jamoasi bosh murabbiyi)
- Qoraqalpog'iston FA jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Qiyin o'yin o'tkazdik. O'tgan o'yinda yaratgan vaziyatlarimizdan unumli foydalanib g'alabaga erishgan edik. Ammo, bugun yaratilgan vaziyatlarni katta qismi gol bilan yakunlanmadi. Bevosita so'nggi pallada futbolchilarimizning bolalarcha xatoliklari o'yin natijasiga salbiy tasir ko'rsatdi. Lekin biz ishlashdan to'xtamaymiz. Maqsadimiz milliy terma jamoalarimizga yaxshi futbolchilarni etkazib berish. Bu uchun doimo harakatdamiz.