Lotar Matteus: "Vinisius faqat provokaciya va nolish bilan band"
06.04.2026 22:40 Ўқилди: 836
"Vinisius, shubhasiz, ajoyib futbolchi, ammo u tinimsiz provokaciyalar bilan shug'ullanadi. Qachonki unga qarshi maydonda qattiqroq o'ynashsa, u faqat shikoyat qilishni va nolishni biladi. Bu uning uchun odatiy holga aylanib qolgan", - dedi Matteus "Sky 90" efirida.
Eslatib o'tamiz, braziliyalik yulduz so'nggi paytlarda raqib himoyachilari va hakamlar bilan tez-tez tortishib qolayotgani sababli ko'plab mutaxassislarning tanqidiga uchramoqda. Ko'pchilik uning e'tiborini faqat futbolga qaratishi kerakligini takidlamoqda.