
- O'yin haqida fikringiz?
- Avvalo barchani Proliga yangi mavsumi bilan tabriklayman. Kecha shahrimiz jamoasi "Aral" g'alaba qozondi, bu bilan ham tabriklayman. Ikki kundan beri shahrimizda futbol bayrami bo'lyapti, bu bilan muxlislarni ham qutlayman.
O'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik, faqat raqib haqida etarlicha ma'lumot topa olmadik. Bilganimiz shuki, "Kattaqo'rg'on" oxirgi marta "Dinamo" bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi. Boshqa ma'lumotdan xabarimiz yo'q. Raqib o'yinlarini ko'rish imkoni ham bo'lmadi.
Bugun umuman o'yinimiz chiqmadi. Birinchi taymda nimadir qilishga harakat qilib ko'rdik, ikkinchi bo'limda o'yin sxemasini o'zgartirdik, baribir bu ham ish bermadi. Futbolda tajriba katta rol o'ynaydi. "Kattaqo'rg'on" g'alabasida tajriba o'z so'zini aytdi.
O'tkazib yuborilgan gollarga kelsak, har ikkala gol o'z xatolarimiz tufayli kiritildi. Birinchi golda uch himoyachi orasidan raqib o'yinchisi qanday gol urib ketganini o'zim ham tushunmay qoldim. Ikkinchi golda ham o'yinchimiz xatoga yo'l qo'yib to'pni oldirib qo'ydi va raqib yana gol urdi. Lekin baribir hamma aybni murabbiy sifatida o'zimga olaman. Futbolchilarimiz bosimni ko'tara olmadi va yutqazdik deb o'ylayman.
- Zaxiradan tushganlar o'yinni kuchaytirish o'rniga tempni tushirib yuborgandek ko'rindi.
- Bu borada aniq gap aytishim uchun o'yinni tahlil qilib chiqishimizga to'g'ri keladi. Ikkinchi bo'limda sal bo'lsa ham ustunlikka erishdik. Zaxiradan o'yinchilarni maydonga tushirdik. Oldinga qarab o'ynay boshladik. Birinchi taymda umuman oldinga o'ynamadik.
- Agar imkoniyat bo'lganida o'yindagi qaysi daqiqani ortga qaytargan bo'lardingiz?
- Vaqt ortga qaytarib bo'lmaydi, nima bo'lsa o'yinda o'tdi-ketdi. Buyog'iga endi keyingi bahsga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak bo'ladi.
![]() | 30.03.2026 20:22 Ўқилди 12116 Skaloni Messi 1 aprel kuni Zambiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etishini tasdiqladi |
![]() | 30.03.2026 18:56 Ўқилди 11425 FIFA Series. O'zbekiston – Venesuela (matnli translyatsiya) |
![]() | 30.03.2026 19:56 Ўқилди 7576 Saloh "Roma"ga qaytadimi? |
![]() | 30.03.2026 19:32 Ўқилди 6377 Levandovskini top-klub kuzatib bormoqda |
![]() | 04.04.2026 18:48 Ўқилди 5441 "Surxon" - "Buxoro". Tarkiblar ma'lum |
![]() | 30.03.2026 00:56 Ўқилди 4615 "Real" Mastantuono bo'yicha yangi taklif oldi |
![]() | 05.04.2026 00:48 Ўқилди 4152 La Liga. "Malorka" - "Real Madrid" 2:1 |
![]() | 29.03.2026 02:08 Ўқилди 3814 O'zbekiston kubogi. Qoraqalpog'iston FA - “Ahmedov” o'yinidan so'ng jamoa bosh murabbiylari nimalar dedi? |
![]() | 31.03.2026 02:32 Ўқилди 3367 Germaniya so'nggi daqiqalarda g'alabani ilib ketdi: Gana bilan bahsda Undav qahramonga aylandi |
![]() | 05.04.2026 02:16 Ўқилди 3347 Angliya kubogi. "Arsenal" "Sautgempton"ga imkoniyatni boy berdi va musobaqadan chiqib ketdi |
Реклама
Сайт хақида