Totti - faoliyatini bitta klubda o'tkazgan eng yaxshi futbolchi!
06.04.2026 21:24 Ўқилди: 166
Ushbu ro'yxatda "Roma" afsonasi Franchesko Totti peshqadamlik qilmoqda.
Reytingning yuqori qismidan Paolo Maldini va Rayan Giggz kabi nomlar ham joy olgan. E'tiborlisi, kuchli o'nlikka darvozabonlar orasida yagona "Oltin to'p" sohibi Lev Yashin ham kiritildi.
BBC talqiniga ko'ra kuchli o'nlik:
Franchesko Totti ("Roma", 1992-2017)
Paolo Maldini ("Milan", 1984-2009)
Rayan Giggz ("Manchester Yunayted", 1990-2014)
Toni Adams ("Arsenal", 1983-2002)
Karles Puyol ("Barselona", 1996-2014)
Jeymi Karrager ("Liverpul", 1996-2013)
Mett Le Tisse ("Sautgempton", 1986-2002)
Juzeppe Bergomi ("Inter", 1979-1999)
Lev Yashin ("Dinamo" Moskva, 1950-1970)
Inyaki Uilyams ("Atletik" Bilbao, 2014 yildan beri o'ynamoqda)
Ro'yxatdagi aksariyat futbolchilar allaqachon faoliyatini yakunlagan bo'lsa, "Atletik" hujumchisi Inyaki Uilyams hali ham o'z klubiga sodiq qolgan holda to'p tepmoqda. Bu kabi reytinglar zamonaviy futbolda transferlar va pul birinchi o'ringa chiqqan bir paytda "klub sadoqati" tushunchasini yana bir bor yodga soladi.