O'zbekiston FIFA reytingida 2 pog'ona yuqoriladi va 50 o'ringa chiqib oldi
31.03.2026 22:56 Ўқилди: 276
Vakillarimiz Venesuela bilan qayd etilgan durangdan (0:0) so'ng o'z hisoblariga 0.03 ball qo'shib qo'yishdi va jami 1465.34 ochko bilan kuchli elliktalikka kirishdi.
Osiyo qitasida O'zbekiston beshinchi ko'rsatkichni qayd etmoqda. Qitamizda kuchli beshlik quyidagicha ko'rinish olgan:
* Yaponiya - 18-o'rin
* Eron - 21-o'rin
* Janubiy Koreya - 22-o'rin
* Avstraliya - 26-o'rin
* O'zbekiston - 50-o'rin
Dunyo reytingida Ispaniya terma jamoasi peshqadamlikni saqlab turibdi. Fransiya va Argentina kuchli uchlikdan joy olgan.
Eslatib o'tamiz, bu faqat onlayn reyting bo'lib, ertaga, 1 aprel kuni ushbu jadval rasman yangilanadi.
O'zbekiston terma jamoasining FIFA reytingidagi eng yaxshi natijasi 45 o'rin bo'lgan