"Tottenxem" APLda o'tgan yildan buyon g'alaba qozona olmayapti
22.03.2026 22:00 Ўқилди: 12123
"Tottenxem"ning APLdagi g'alabasiz seriyasi 13 ta o'yinga etdi. Bugun londonliklar 31-tur doirasida o'z maydonida "Nottingem Forest"ga 0:3 hisobida yirik hisobda mag'lub bo'ldi.
So'nggi g'alaba 28 dekabr kuni "Kristal Pelas" ustidan (1:0) qo'lga kiritilgan edi. O'shandan beri londonliklar 8 marta mag'lubiyatga uchrab, 5 bor durang o'ynashdi. Jamoa 17-o'rinda bormoqda — xavfli zonadan atigi bir ochko uzoqlikda.
Igor Tudor qo'l ostidagi ettita o'yinda «Tottenxem» 5 ta mag'lubiyat, bitta g'alaba va bitta durang qayd etdi.