UEFA "Nyukasl"ni moliyaviy qoidabuzarlik uchun jazolashi mumkin
31.03.2026 22:16 Ўқилди: 231
Bu haqda "The Times" nashri xabar bermoqda.
Gap shundaki, klub o'ziga tegishli bo'lgan "Sent-Jeyms Park" stadionining ijara huquqini o'z sho'ba korxonasiga sotish orqali 133,1 million funt sterling foyda ko'rganini ko'rsatgan. APL ichki qoidalariga ko'ra, bunday aktivlar savdosidan tushgan mablag'ni foyda sifatida deklaraciya qilishga ruxsat beriladi. Biroq UEFA bu masalada ancha qattiqqolroq poziciyada.
O'tgan yili UEFA xuddi shunday moliyaviy "hiylalar" uchun "Chelsi"ni 27 million funt, "Aston Villa"ni esa 11 million funt miqdorida jarimaga tortgan edi. O'shanda tashkilot ayollar jamoalarining aloqador kompaniyalarga sotilishidan tushgan mablag'ni daromad sifatida tan olishdan bosh tortgan.
Agar UEFA "Nyukasl"ning bu amaliyotini ham noqonuniy deb topsa, klub nafaqat jarimaga tortiladi, balki moliyaviy muvozanatni tiklash uchun o'z etakchi futbolchilarini sotishga majbur bo'ladi. Jamoaning kelasi mavsumda Chempionlar Ligasiga yo'llanma olishi qiyinlashib borayotgani vaziyatni yanada og'irlashtirmoqda.