Infantino nuqta qo'ydi: Eron terma jamoasi JCH-2026 o'yinlarini AQSHda o'tkazadi!
31.03.2026 21:48 Ўқилди: 769
"Eron Jahon chempionatida ishtirok etadi. Biz bundan xursandmiz, chunki bu juda kuchli jamoa. Men futbolchilar va murabbiy bilan gaplashdim, hammasi joyida. Eron ishtirokidagi bahslar qura natijalariga ko'ra belgilangan joylarda, yani AQSH hududida bo'lib o'tadi", - deya Infantinoning so'zlarini keltiradi "The Guardian".
Eslatib o'tamiz, avvalroq Eron futbol federaciyasi prezidenti Mehdi Taj terma jamoa o'yinlarini xavfsizlik va siyosiy sabablarga ko'ra AQSHdan Meksikaga ko'chirish bo'yicha muzokaralar olib borilayotganini ma'lum qilgan edi. Biroq FIFA rahbarining bayonotidan so'ng, Eron guruh bosqichi uchrashuvlarini rejadagidek AQSH maydonlarida o'tkazishi ma'lum bo'ldi.
JCH-2026 bahslari AQSH, Kanada va Meksika mezbonligida o'tadi.