Ostonadagi "Astana-Arena"da bo'lib o'tgan bahsda mezbonlar 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi.
O'yindagi yagona va g'alaba to'pi uchrashuvning bor-yo'g'i 4-daqiqasidayoq kiritildi. Qozog'iston terma jamoasi yarim himoyachisi Ramazan Orazov raqib darvozasini ishg'ol qilib, jamoasiga muhim g'alabani taqdim etdi.
Bu g'alaba Qozog'iston uchun mart oyidagi terma jamoalar tanaffusidagi ikkinchi muvaffaqiyat bo'ldi. Bundan avval, 25 mart kuni qozog'istonliklar Namibiya ustidan (2:0) zafar quchishgan edi. O'z navbatida, Komor orollari 28 mart kuni Namibiya bilan durang (0:0) o'ynab, penaltilar seriyasida (4:5) imkoniyatni boy bergandi.