Chiptalar jangi: UEFA narxlarni muzlatmoqda, FIFA esa final narxini 7 baravarga oshirdi!
30.03.2026 23:32 Ўқилди: 51
UEFA Evro-2028 uchun chiptalar narxini 2024 yilgi darajada saqlab qolishga qaror qildi.
"The Athletic" xabariga ko'ra, Yevropa futbol ittifoqi aksariyat chiptalar narxini oshirmaydi. Eng arzon toifadagi chiptalar taxminan 26 funt (33 dollar), keyingi toifadagilari esa 52 funt atrofida bo'ladi. Faqat eng qimmat joylar va mehmonxona xizmatlarini o'z ichiga olgan paketlar narxi ko'tarilishi mumkin.
FIFA esa butunlay boshqacha yo'l tutmoqda. Joriy yilgi Jahon chempionati guruh bosqichi uchun eng arzon chiptalar 60 dollardan boshlansa, eng qimmati 2700 dollargacha etmoqda. Eng hayratlanarlisi - JCH finali chiptalari narxi! Final uchun eng arzon chipta 4185 dollar etib belgilandi, bu Qatardagi JCH-2022 bilan solishtirganda deyarli etti baravar qimmat demakdir.
Eslatib o'tamiz, Evro-2028 bahslari Angliya, Shotlandiya, Uels va Irlandiya maydonlarida 9 iyundan 9 iyulga qadar bo'lib o'tadi.