O‘zbekiston milliy jamoasi bugun Venesuelaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida durang qayd etdi (penaltilar seriyasida g‘alaba qozondi — 5:4).
Ushbu durang evaziga terma jamoamiz hisobiga FIFA reytingida 0,03 ball qo‘shildi. Natijada O‘zbekistonning FIFA reytingidagi ballari 1465,34 ochkoga yetdi. Jamoamiz reytingda 50-o‘rinni band etib turibdi.
Venesuela esa bugun 0,03 ball yo‘qotdi hamda 1468,05 ball bilan 49-pog‘onani egallab turibdi.