Karlo Anchelotti: "Jahon chempioni bo'lish uchun Braziliyaga iqtidor va mustahkam himoya kerak"
30.03.2026 23:00 Ўқилди: 242
Italiyalik mutaxassisning fikricha, faqat hujumkor o'yin bilan muvaffaqiyatga erishib bo'lmaydi. "Braziliya zafar quchgan oxirgi ikkita Jahon chempionati iqtidor va mustahkam himoyaning ajoyib uyg'unligi evaziga qo'lga kiritilgan. Tarix o'zi uchun gapiradi. Boshqa yo'l yo'q. Faqat hujumda o'ynash etarli emasligiga ishonchim komil", - dedi Anchelotti.
Shuningdek, murabbiy jamoa etakchilariga yuqori baho berdi: "Tarkibimizda Rafinya va Vini bor - ular ayni damda dunyoning eng yaxshilari. Ushbu futbolchilar Jahon chempionatida o'zlarining eng yaxshi o'yinlarini ko'rsatishlariga ishonaman. Ikkalasi ham kuchli xarakter va individuallikka ega".
Eslatib o'tamiz, JCH-2026 bahslari 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo'lib o'tadi.