Skaloni: "Messi Zambiyaga qarshi asosiy tarkibda tushadi"
30.03.2026 22:32 Ўқилди: 589
Murabbiyning tasdiqlashicha, Lionel Messi Zambiya bilan bahsda o'yinni ilk daqiqalardan boshlaydi. Eslatib o'tamiz, avvalgi Mavritaniyaga qarshi bahsda (2:1) yulduzli hujumchi faqat bir bo'lim o'ynagan edi. Bu galgi tarkibdagi o'zgarishlar boshqa futbolchilarga ham imkoniyat berish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, Skaloni bo'lajak Jahon chempionati uchun kengaytirilgan tarkib haqida ham to'xtaldi: "Biz allaqachon 55 kishilik ro'yxatni Argentina futbol associaciyasiga topshirdik. Futbolchilarni ko'rsatayotgan o'yinlariga qarab saralab boramiz. Yakuniy qaror esa eng oxirida qabul qilinadi".
Ma'lumot uchun, Argentina va Zambiya o'rtasidagi uchrashuv 1 aprelga o'tar kechasi bo'lib o'tadi.