
FIFA Series
O'zbekiston – Venesuela 0:0 (Penaltilar seriyasi 5:4)
Bosh hakam: Mederbek Taychiev (Qirg'iz Respublikasi)
Yon hakamlar: Ismailjan Talipjanov, Eldos Murzabekov (Qirg'iz Respublikasi)
Zaxira hakami: Abdullo Davlatov (Tojikiston)
Komissar: Zaur Hoji Maharramov (Ozarbayjon)
Toshkent. “Bunyodkor” stadioni. 19:00
O'zbekiston: 12.Abduvohid Ne'matov, 2.Abduqodir Husanov, 5.Rustam Ashurmatov, 7.Otabek Shukurov, 9.Odil Hamrobekov (6.Akmal Mozgovoy, 71), 10.Aziz G'aniev (18.Alisher Odilov, 58), 11.Oston O'runov (8.Jamshid Iskanderov, 71), 13.Sherzod Nasrullaev, 14.Eldor Shomurodov (26.Sherzod Temirov, 90), 20.Behruz Karimov (3.Hojiakbar Alijonov, 71), 24.Jahongir O'rozov.
Zaxira: 1.O'tkir Yusupov, 16.Botirali Ergashev, 4.Farrux Sayfiev, 15.Umar Eshmurodov, 17.Dostonbek Hamdamov, 19.Ibrohim Ibragimov, 21.Igor Sergeev, 22.Umarali Rahmonaliev, 23.Muhammadrasul Abdumajidov, 25.Muhammadqodir Hamraliev.
Venesuela: 1.Xose Kontreras, 2.Nauel Ferraresi, 3.Karlos Vivas, 4.Yon Aramburu, 5.Teo Kintero, 7.Gleker Mendoza (15.Delvin Alfonso, 90), 8.Kristian Kasseres (s), 10.Telasko Segovia, 16.Vikelman Karmona (11.Luis Gonsales, 65), 20.Devid Martinez, 21.Xesus Ramires (23.Salomon Rondon, 65)
Zaxira: 12.Kristofer Varela, 22.Xesus Kamargo, 6.Jorj Yriarte, 9.Alexandro Markes, 13.Luis Balbo, 14.Diego Osio, 17.Gustavo Gonsales, 18.Kleber Lamadrid, 19.Jovanni Bolivar, 24.Karlos Sosa, 25.Andrusv Arauxo, 26.Karlos Faya.
Ogohlantirish: Nauel Ferraresi (42)
YANGILASH
Penaltilar seriyasi:
Rondon - gol;
Iskanderov - gol;
Luis Gonsales - gol;
Temirov - gol;
Karlos Sosa - darvozabon;
Ashurmatov - gol;
Teo Kintero - gol;
Shukurov - gol;
Telasko Segovia - gol;
Mozgovoy - gol.
Uchrashuvning asosiy vaqti yakunlandi. G'olib penaltilar seriyasida aniqlanadi.
90.Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shildi.
90.Ikki jamoa tarkibida bittadan o'zgarish.
86.Zarba! Shukurov tomonidan yo'llangan zarbani Venesuela darvozaboni qaytardi. Bir daqiqadan so'ng yana o'z mahoratini ko'rsatdi.
76.Venesuela tarkibida o'zgarish.
Uchrashuvni stadiondan 29225 nafar tomoshabin kuzatmoqda.
72.Martinesning chap oyoqda yo'llagan zarbasi xavfli, ammo biroz noaniq.
71.O'zbekiston tarkibida uch o'zgarish.
69.Ne'matovning to'pga chiqishdagi o'ta qo'pol xatosini Ashurmatov podkat bilan tuzatdi. Aks holda raqib futbolchisi bo'sh darvozani ishg'ol qilishi mumkin edi.
67.O'ng qanotdan markazdagi Shomurodovga ajoyib pas kelayotgandi, himoyachi hushyorlikni boy bermadi.
65.Venesuela tarkibida ikki o'zgarish.
63.O'zbekiston raqib jarima maydoni yaqinida jarima to'pi ishladi. Shukurovning uzatmasiga Ashurmatov bosh bilan zarba yo'lladi, Kontretas seyv namoyish etdi.
61.Shomurodov raqib jarima maydonida yiqildi, hakam o'yinni davom ettirish kerakligini ta'kidladi.
58.O'zbekiston tarkibida o'zgarish.
55.Karmonaning jarimadan yo'llagan zarbasi “jonli devor”dan qaytdi.
53.Mezbonlar hujumi besamar yakunlandiyu Shukurovning o'ng qanotdan uzatmasiga sherigi eta olmadi.
48.Xavfli vaziyat! Shomurodov deyarli darvoza chizig'i yonidan to'pni darvozaga kirita olmadi. U noqulay holatda zarba yo'lladi.
47.Xavfli vaziyat! Segovia O'zbekiston darvozasini ishg'ol qilishiga bir bahya qoldi, uning zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.
46.Ikkinchi bo'lim boshlandi.
Bo'lim yakunlandi.
45.Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi.
42.Ferrarasi markazda Shomurodovni libosidan tortib to'xtatgani uchun ogohlantirildi.
39.Venesuelalik futbolchi ofsaydda.
34.Segovianing olisdan yo'llagan zarbasi noaniq.
28.G'aniev chap qanot uzatmani to'xtatmasdan darvozaga yo'lladi, biroz noaniq.
25.Hakam VAR monitori orqali ehtimoliy penaltini ko'rib chiqdi, ammo etarli asos topa olmadi.
24.Xavfli vaziyat! Burchakdan uzatma zarba aylanib ketdi, Venesuela darvozaboni to'pni qiyinchilik bilan qaytardi.
22.Zarba! Ramiresning olisdan yo'llagan zarbasini Ne'matov ikkinchi urinishda egalladi.
19.O'zbekiston jarima maydoni yaqinida jarima to'pi belgilandi.
16.O'runov chap qanotdan oldinga yorib kirdi va markazga pas berdi, raqib himoyachisi to'pni qaytardi.
10.Zarba! Martines o'ng qanotdan markazga yorib kirib, uzoq pastki burchak tomon o'ta xavfli zarba yo'lladi, to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.
7.Zarba! Burchakdan uzatilgan to'pga O'rozov bosh bilan zarba berdi va basketbol qoidalari bo'yicha 2 ochkolik zarba amalga oshirdi, to'p darvoza to'rining ustki qismiga borib tushdi.
5.Ne'matov Karimovni Siti–Realdagi Valverdi singari oldinga boshladi. Ammo Karimov hozircha Karimov bo'lib qolishga qaror qildi va sherigining uzatmasiga eta olmadi.
1.Ilk hujum xavfli ko'rinish oldi. O'runov raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqishi mumkin edi, ammo himoyachi yakunda epchilroq harakat qildi.
1. O'yin boshlandi. Umid qilamizki, O'zbekiston terma jamoasi Venesuela ustidan g'alaba qozonish uslublarini o'zlashtirgan. Hech bo'lmaganda, Tramp uslubini.
Jamoalar maydonga chiqishdi. O'zbekiston oq, Venesuela jigarrang liboslarda harakat qiladi.
Uchrashuv 19:00 da start oladi.
![]() | 22.03.2026 21:40 Ўқилди 17021 APL. "Tottenxem" "Nottingem"ga yirik hisobda engildi, "Aston Villa" g'alaba qozondi |
![]() | 22.03.2026 22:00 Ўқилди 12315 "Tottenxem" APLda o'tgan yildan buyon g'alaba qozona olmayapti |
![]() | 30.03.2026 20:22 Ўқилди 11960 Skaloni Messi 1 aprel kuni Zambiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etishini tasdiqladi |
![]() | 22.03.2026 22:32 Ўқилди 11393 "Yaypan" Qirg'iziston klubi bilan o'ynadi. Ikki jamoa ikki xil natija elon qildi |
![]() | 30.03.2026 18:56 Ўқилди 11269 FIFA Series. O'zbekiston – Venesuela (matnli translyatsiya) |
![]() | 27.03.2026 19:56 Ўқилди 8030 Chempionlar Ligasi-2026 finali vaqti e'lon qilindi |
![]() | 30.03.2026 19:56 Ўқилди 7237 Saloh "Roma"ga qaytadimi? |
![]() | 27.03.2026 19:00 Ўқилди 7103 FIFA Series. Venesuela Trinidad va Tobago ustidan yirik g‘alabaga erishdi |
![]() | 22.03.2026 23:00 Ўқилди 6843 Tudor APLdagi sharmandagi mag'lubiyatdan so'ng matbuot anjumaniga kirmadi |
![]() | 22.03.2026 21:32 Ўқилди 6485 Angliya Liga kubogi. "Arsenal" – "Manchester Siti" 0:0 (matnli translyaciya) |
Реклама
Сайт хақида