Odil Hamrobekov: "Standart vaziyatlarga ko'proq etibor qaratishni reja qilganmiz"
29.03.2026 22:40 Ўқилди: 296
– Venesuelaga qarshi o'yin oldidan tayyorgarlik qanday o'tmoqda?
– Mashg'ulot odatdagidek o'yinoldi engil ko'rinishda davom etadi. Standart vaziyatlarga ko'proq etibor qaratishni reja qilganmiz.
– O'zbekiston oxirgi marotaba Janubiy Amerika jamoasi (Urugvay)ga yutqazgan. Kannavaro bunday qanday xulosa chiqardi?
– U o'yinni hech kim eslagani yo'q. Venesuelaning avvalgi o'yinini o'rgandik. Shunga qarab o'z taktikalarimizni tayyorlaymiz.
– Erondagi siyosiy vaziyat sababli ma'lum muddat o'yin amaliyotisiz qoldingiz. Bu birinchi o'yinda qanchalik sezildi?
– Rasmiy uchrashuv o'tkazganimga 1 oydan oshgandi. Alomati biroz sezildi. "Paxtakor" va "Bunyodkor" jamoalariga minnatdorchilik bildiraman, ular mashg'ulot o'tkazishim uchun sharoit yaratishdi.