Abdumajidov qaysi xatolar ustida ish olib borilayotganini aytdi
29.03.2026 22:24 Ўқилди: 352
– Venesuelaga qarshi o'yin oldidan tayyorgarlik qanday o'tmoqda?
– Tayyorgarlik a'lo darajada. O'yinga 100% tayyormiz. Raqibni va murabbiy nazariyasini o'rganib, g'alaba qozonishga harakat qilamiz.
– Gabonga qarshi o'yinda bir necha xatolar kuzatilgandi. Aynan qaysi xatolarni bartaraf etish ustida ish olib borilyapti?
– Himoya va o'yinga bo'lgan diqqatni yo'qotmaslik kerakligi aytildi. Bugungi mashg'ulotda ham shu bo'yicha ishlaymiz va ertangi o'yinga tayyor bo'lib chiqamiz.