OKMK va "G'azalkent" ikkita nazorat o'yini o'tkazdi
29.03.2026 21:08 Ўқилди: 1063
Toshkentdagi "Olimpiya" mashg'ulotlar stadionida bugun jamoalar ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishdi.
Har ikkala o'yin ham 35 daqiqadan ikkita taym formatida tashkil etildi. Bu esa murabbiylarga tarkibdagi ko'plab futbolchilarning jismoniy holatini sinovdan o'tkazish uchun qulay imkoniyat yaratdi.
Dastlabki o'yinda OKMK 3:0 hisobida g'alabaga erishdi. Jamoa safida Faridjon Abdullaev dastlabki golga mualliflik qilgan bo'lsa, Nodirbek Abdurazzoqov dubl qayd etdi.
Ikkinchi uchrashuvda ham Superliga jamoasining qo'li baland keldi: bu safar Mirjalol Qosimov shogirdlari 5:1 hisobida ustun kelishdi. “Konchilar” safida Aziz Xolmurodov dubl, shuningdek Siavash Haqnazari, Hazratjon Tursunqulov va Arixiro Sentoku gol urdi. “G'azalkent” safidagi yagona golga esa Abdurahmon Abdullaev mualliflik qildi.