OKMK nazorat o'yinida "G'azalkent"ni ayab o'tirmadi
29.03.2026 20:56 Ўқилди: 258
Toshkentdagi "Olimpiya" mashg'ulotlar stadionida bo'lib o'tgan mazkur o'rtoqlik bahsi o'ziga xos formatda tashkil etildi – har ikki jamoa vakillarining o'zaro kelishuviga binoan, uchrashuv 35 daqiqadan iborat to'rtta taym davomida bo'lib o'tdi. Bu esa murabbiylarga tarkibdagi ko'plab futbolchilarning jismoniy holatini sinovdan o'tkazish uchun qulay imkoniyat yaratdi.
Gollarga boy va keskin hujumlar ostida kechgan ushbu nazorat o'yinida "konchilar" to'liq ustunlikka erishib, raqiblari ustidan 8:1 hisobidagi o'ta yirik g'alabani qo'lga kiritishdi. Uchrashuv davomida "OKMK" safida Faridjon Abdullaev, Siavash Haqnazari, Hazratjon Tursunqulov hamda Arixiro Snetoku bittadan golga mualliflik qilgan bo'lsa, Nodirbek Abdurazzoqov va Aziz Xolmurodov raqib darvozasini ikki marotabadan ishg'ol qilib, dubl qayd etishga muvaffaq bo'ldi.