Madagaskar Qirg'iziston darvozasiga 5 ta gol urib, yirik hisobda engdi
28.03.2026 23:32 Ўқилди: 31
Turkiyaning Belek shahrida joylashgan "Kalista sport markazi" stadionida Qirg'iziston hamda Madagaskar milliy terma jamoalari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi va unda afrikaliklar 5:2 hisobidagi yirik g'alabani qo'lga kiritishdi.
Uchrashuv qirg'izistonliklar uchun juda omadsiz kechdi, chunki ular birinchi bo'limning o'zidayoq o'z darvozalaridan to'rtta to'p o'tkazib yuborishga majbur bo'lishdi. O'yindagi hisob 5-daqiqadayoq Madagaskar hujumchisi Arno Randianantenaina tomonidan ochilgan bo'lsa, 17-daqiqaga kelib afrikaliklar o'z ustunliklarini yanada mustahkamlashdi. Oradan etti daqiqa o'tib, 24-daqiqada Uorren Kaddi hisobni yirik ko'rinishga keltirdi, 42-daqiqada esa yarim himoyachi Kleman Kutyure nominal mehmonlarning to'rtinchi goliga mualliflik qildi.
Ikkinchi taymda Qirg'iziston terma jamoasi vaziyatni biroz o'nglashga urindi – yarim himoyachi Beknaz Almazbekov penaltini aniq amalga oshirib, hisobni qisqartirgan bo'lsa, 62-daqiqada qirg'izistonliklar ikkinchi bor raqib darvozasini ishg'ol qilishga erishdilar. Ammo 79-daqiqada Uorren Kaddi dubl qayd etib, jamoasining beshinchi golini urdi va Madagaskar terma jamoasining uzil-kesil g'alabasini taminladi.