Qarshi shahridagi "Geolog" stadionida o'tkazilgan mazkur o'rtoqlik bahsida murosasiz kurash kechdi va unda mehmonlar 2:1 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritishdi.
Uchrashuvda hisob birinchi bo'limdayoq ochildi, aniqrog'i, 32-daqiqada nukusliklar azosi N.Quttiboev o'z jamoasini oldinga olib chiqdi. Biroq mezbonlar bunga tezda javob qaytarishga muvaffaq bo'lishdi va oradan bor-yo'g'i ikki daqiqa o'tib, 34-daqiqada "Nasaf" vakili Yusuf Otubanjo muvozanatni tiklab, hisobni 1:1 ko'rinishiga keltirdi.
O'yinning asosiy qismi durang bilan davom etayotgan bir vaqtda, bahs yakunlanishiga sanoqli daqiqalar qolganida, yani 85-daqiqada "Aral" futbolchisi S.Niyatullaev raqib darvozasini ishg'ol qilib, nukusliklarga g'alaba keltirgan muhim va hal qiluvchi gol muallifiga aylandi.