Qayd etilishicha, futbolchining xizmatlariga "Betis" qiziqish bildirmoqda. Aynan "yashil-oqlar" "Real" xavbekiga asosiy davogar bo'lib turibdi. Sebalosning o'zi jamoasini o'zgartirishga tayyor.
Avvalroq, yarim himoyachi "Betis"da o'ynagan edi. Futbolchi 2017 yilda "Real"ga o'tgan. Daniel Sebalos jami La Ligada 199 ta o'yin o'tkazib, "gol+pas" tizimi bo'yicha 17 ochko ishlagan.